Shu yilning 28-iyul – 3-avgust kunlari “Amaliy san’at” birlashmasi hunarmandlari uchun Qirg‘izistonga madaniy-tanishuv sayohati tashkil etildi.

Sayohatda “Amaliy san’at” birlashmasi viloyatning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan ilg‘or hunarmandlardan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq, delegatsiya a’zolari Qirg‘izistonning boy tarixiy-madaniy merosi, me’moriy obidalari, ziyoratgohlari va zamonaviy turistik obyektlari bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, sayohat davomida ishtirokchilarning mazmunli madaniy hordiq chiqarishi, o‘zaro muloqot va tajriba almashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Mazkur tashabbus hunarmandlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, milliy madaniy merosimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash hamda hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.